Главная » 2018 » Апрель » 23 » Toshkentda yo‘qolib qolib, qidiruvga berilgan 6 yoshli bolaning jasadi topildi
21:38

Toshkentda yo‘qolib qolib, qidiruvga berilgan 6 yoshli bolaning jasadi topildi


23-aprel kuni ertalab Toshkentda 6 yoshli Abdulloh Alisherovning jasadi topildi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Abdulloh Alisherov 14-aprel kuni yo‘qolib qolgan edi. O‘shandan buyon u qidirilayotgandi.

Aytilishicha, bolaning jasadi Qoraqamish daryosi bo‘yidan topilgan. Daryo uning Uchtepa tumanidagi uyi yonidan o‘tadi.

Dastlabki tekshiruv bolaning tanasida zo‘rlik tufayli yuz bergan o‘lim alomatlarini ko‘rsatmadi. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Abdullohning dafn marosimi shu kuni bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar IIBB marhum bolaning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik izhor qildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 6 yoshli bola, jasadi topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя