Главная » 2020 » Февраль » 11 » Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol o‘ziga gap otgan yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
22:51

Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol o‘ziga gap otgan yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi


Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Parkent tumanida ayol bir yigitni pichoqlab qo‘ydi.

4 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.Sh. ishdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘cha boshida unga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ayol janjal vaqtida  yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.ning chap tomon ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

A.T. esa shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя