Главная » 2017 » Июнь » 9 » Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Jasurbek Ibrohimov ishi haqida gapirdi
08:21

Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Jasurbek Ibrohimov ishi haqida gapirdi


O‘tgan hafta P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning vafot etishi ommaviy axborot vositalarining e’tibor markazidagi asosiy voqealardan biri bo‘ldi, desak, mubolag‘a emas.

Saytimiz orqali Ibrohimovning onasi Prezident Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘llagani, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgani, gumondor sifatida Islom To‘laganov haqidagi ma’lumotlar tarqatilgani va uning qo‘lga olingani, mazkur jinoyat ishini Bosh prokurorning shaxsan o‘zi nazorat qilayotgani, tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan davom ettirilayotgani, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori va uning ikki muoviniishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar bergan edik.

Bugun, 8 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda OAV xodimlari Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimovdan rasmiy bayonot so‘rashdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy saytida holat bo‘yicha ma’lumot berildi. Qonunda tergov siri degan tushuncha bor. Tergovga ta’sir qilmasligi uchun hozir ortiqcha ma’lumot berolmayman. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa shundan iboratki, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha barcha holatlar va tergovga aloqador barcha shaxslarga, harakatlarga huquqiy baho beriladi”, dedi Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Prokuror, Toshkent shahar, o‘rinbosari, ishi haqida gapirdi, Jasurbek Ibrohimov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя