Главная » 2017 » Январь » 4 » “Titanik” kemasi halokatiga faqatgina aysberg sabab bo‘lmagan
17:57

“Titanik” kemasi halokatiga faqatgina aysberg sabab bo‘lmagan


Britaniyalik jurnalist Shenan Moloni 30 yildan ortiq vaqt mobaynida 1912 yilda halokatga uchragan “Titanik” kemasiga oid ma’lumotlar to‘plash uchun tadqiqot olib bordi. Uning fikricha, kema Shimoliy Atlantikada ulkan muz bo‘lagiga urilishi tufayli halokatga uchramagan. Kema halokatiga bortdagi yong‘in sabab bo‘lgan. Bu haqda “The Independent” nashri ma’lum qildi.
 
Kemaning yoqilg‘i omborida yong‘in yuzaga kelib, natijada “Titanik” halokatga uchradi, deyiladi gazetada berilgan xabarda.
 
Shenan Molonining aytishicha, kema bortida Sautgemptondan chiqmasidan avval yong‘in yuzaga kelgan. Bir necha kun davomida olovni bartaraf etishga harakat qilingan. Shu sabab ham kemaning ustki qoplamasi qizib ketgan va natijada ulkan muz bo‘lagi bilan to‘qnashuv katta talafotga olib kelgan.
 
Jurnalist “Titanik”ning halokatga uchramasidan avvalgi fotosuratlarini sinchiklab o‘rgangan. Kemaning qoplamasi muz bo‘lagiga urilgan joyida kuygan qora kuya io‘lari aniqlangan. Mutaxassislar shu orqali kemaning yoqilg‘i omborlaridan birida haqiqatdan ham yong‘in yuz bergan, degan xulosaga kelishdi.
 
“Titanik” kemasining xo‘jayini olov yuzaga kelganidan xabardor bo‘lgan, biroq bu favqulodda hodisa yo‘lovchilardan yashirilgan.
 
Mutaxassislar “Titanik” kemasining halokatiga faqatgina ulkan muz bo‘lagi bilan to‘qnashuv sabab bo‘lmaganini ta’kidlashmoqda. 1912 yil 15 aprelda halokatga uchragan kema 1500 dan ziyod kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. 

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: titanik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя