Главная » 2016 » Ноябрь » 21 » Tez kunda Nilufar Usmonovadan sevishgan qalblarga atalgan qo‘shiq va klip premerasi
11:24

Tez kunda Nilufar Usmonovadan sevishgan qalblarga atalgan qo‘shiq va klip premerasi


Estradamiz yulduzi, xalqimizning sevimli san’atkori, sho‘x-shaddod va samimiyatda tengi yo‘q xonanda Nilufar Usmonova “Tug‘ilsam” nomli qo‘shig‘ini taqjim etgan edi. Xalqimiz tomonidan iliq kutib olingan tarona qisqa fursatda ko‘pchilikni e’tiborini tortdi. Dolzarb mavzuni ko‘targani uchun xonandaga tasannolar aytib, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z fikr-mulohazalarini bildirayotganlar ham talaygina. Bundan xonandaning boshi ko‘kka yetmoqda.

Nilufar Usmonova  xalqimiz uchun yana bir tuhfa tayyorlamoqda. Bu tuhfa ham muxlislar uchun munosib sovg‘a bo‘ladi desak yanglishmaymiz.

“Kel ikkimiz” – bu kompozisiya  Nilufar Usmonovaning g‘oyasi bilan yaratilgan. So‘zlari Shuhrat Nuraliev tomonidan yozilgan. Jasur Abdurahmonov esa musiqasini bastalab, qo‘shiqni sayqallagan. “ Bu qo‘shiqni yaratilganiga ham ikki yil bo‘ldi. Uni turmushimizning o‘n yilligida umr yo‘ldoshimga sovg‘a qilganman. Qo‘shiq turmush o‘rtog‘imga atalgan bo‘lsa-da unda hamma o‘zini topa oladi.” – deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotga qo‘shimcha qilib. 

Tarona sokin bo‘lib, ilk jarangidayoq yuraklarga yaqin bo‘la oladi. Sevgan, sevilgan qalblarga yanada iliqlik olib kiradi. Qo‘shiqqa beriladigan ta’rif cheksiz, biroq biz u haqidagi barcha sirlarni ochmaymiz. Uni tinglab, fikr-mulohaza bildirishni o‘zingizga qo‘yib beramiz.

Bu hali hammasi emas. Nilufar Usmonova muhabbatni tarannum etgan bu qo‘shig‘iga videoklip ham tasvirga oldirdi. Klip ham musiqiy asar bilan birga namoyish etilishi rejalashtirilgan.  Videoklip Yolqin To‘ychievning ssenariysi asosida, Sarvar Isaev tomonidan tasvirga tushirildi. Ikkinchi rejissyor Dilbar Yusupova. Tasvirchilar Rustam Murodov va Dilshod G‘aniev. Direktor Shavkat Rizaev. Stilist-vizajist Renata Iskandarova. Trek va syujet janridagi klipda bosh rollarni Shahzoda Matchanova, Shahlo Temirova hamda Sarvar Isaev ijro etgan.

Demak,tez kunda sevimli xonandamiz Nilufar Usmonovadan navbatdagi xit tarona va klip premerasi. Faqat bizda! Kuting, kuzating.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя