Главная » 2017 » Май » 31 » ​TATUning maxsus sirtqi bo`limlari bo`yicha kvotalar e`lon qilindi
17:17

​TATUning maxsus sirtqi bo`limlari bo`yicha kvotalar e`lon qilindi


 

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo`limlari bo`yicha kvotalar e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq universitet maxsus sirtqi bakalavriatiga 2017/2018 o`quv yilidan boshlab quyidagi ta`lim yo`nalishlariga qabul qilish belgilangan:

1) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) – 25 nafar;

2) 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) – 25 nafar;

3) 5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi- 50 nafar.

Jami – 100 nafar.

Maxsus sirtqi bo`limiga xujjatlarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to`g`risida”gi hamda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 24 mayda tasdiqlangan “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo`limiga abiturientlarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomlarga asosan olib boriladi.

Abiturientlarning o`qishga qabul qilish haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) va 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) ta`lim yo`nalishilariga hujjatlarni topshirmoqchi bo`lgan abiturientlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo`nalishiga muvofiq o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo`lgan, tavsiyanoma berish O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Pochta aloqasi texnologiyasi ta`lim yo`nalishiga hujjatlarni topshirmoqchi bo`lgan abiturientlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo`nalishiga muvofiq o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo`lgan, tavsiyanoma berish “O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan amalga oshiriladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: maxsus sirtqi bolim, ​TATU, elon qilindi, kvota | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя