19:54 Suratkash daraxtdagi ukkini rasmga oldi. Uni ko‘rish uchun biroz ter to‘kishga to‘g‘ri keladi (foto) | |
Qayd etilishicha, qush shu qadar ustamonlik bilan daraxtga o‘rnashganki, natijada u sezilmaydi. 30 yoshli suratkashning so‘zlariga ko‘ra, u bu kadrni Hindiston markazidagi Pench milliy bog‘ida olgan. U dastlab qoplonni rasmga olishni mo‘ljallagan, biroq qaysidir daqiqada daraxt uning e’tiborini tortgan. Shunda u daraxt kovagida ukki o‘tirganini payqagan. “Daraxtda ukki borligini sezish uchun 10 daqiqacha vaqt sarfladim”, — deydi u. U bog‘ga bir necha do‘stlari bilan birga borgani va qushni ko‘rishga ularga bir holat yordam berganini aytgan. “Agar qushning e’tiborimni tortgan bilinar-bilinmas harakati bo‘lmaganida men ukkini sezmasdim”, — deydi Jayn. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmga olish jarayoni qiyin kechmagan, biroq odamlarni suratda ukki borligiga ishontirish qiyin bo‘lgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|