16:35 Sitora Olimjonova birovning erini tortib olgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi | |
Avvalroq, aktrisa Sitora Olimjonova turmushga chiqqani, aktrisaning to‘yi Tailanddagi Pxuket orolida bo‘lib o‘tgani, biroq u turmush o‘rtog‘ini ommaga ko‘rsatmagani haqida xabarbergan edik. Oradan ko‘p o‘tmay bir ayolning ijtimoiy tarmoq orqali Sitora Olimjonova turmushga chiqqan yigit mening erim qabilidagi iddaolari yozilgan yozishmalari tarqatildi. Biroq bu ayol kimligi va uning haqiqatan bor-yo‘qligi noma’lum. Internet olamida esa Sitora Olimjonovaning to‘yi muhokama maydonining asosiy mavzusi bo‘ldi. To‘y suratlarida kuyovning yo‘qligi esa bu muhokamalarni yanada jonlantirdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|