Главная » 2017 » Февраль » 1 » Sherali Jo‘raevni “o‘ldi”ga chiqarishdi
12:10

Sherali Jo‘raevni “o‘ldi”ga chiqarishdi


So‘nggi ikki kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning vafot etgani borasidagi xabarlar tarqalmoqda.
 
Xususan, Telegram mesenjerida xonandaning o‘g‘li Shohjahon Jo‘raevning noma’lum shaxs bilan yozishmasi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Unda Shoxjahon Jo‘raev nomiga ochilgan sahifa tomonidan Sherali Jo‘raevning vafot etgani, ammo bu haqda hali xalqqa oshkor qilinmagani yoziladi.
 
Biz ushbu shum xabarning yolg‘on ekaniga umid qilib, Sherali Jo‘raevning ijodiy jamoasi bilan bog‘landik.
 
“Bu mish-mish. Hofiz salomatlar. Halqimizdan turli yolg‘onlarga ishonmasliklarini so‘ragan bo‘lardik”,  deydi Sherali Jo‘raevning ma’muri.

Suratga e’tibor bilan qaralsa, sahifaga Shohjahon Jo‘raev ismi yozilgani bilan bu sahifa soxtaligini bilish qiyin emas.
 
Ma’lumot uchun, so‘nggi 1 yil ichida mashhur insonlarning o‘limi haqida bir necha bor yolg‘on ma’lumotlar paydo bo‘ldi. So‘nggi bor, taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning yurak huruji tufayli vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
 
Undan avval, Klara Jalilova, Murod Rajabov, Abduraim Abduvahobovning ham vafot etganlari haqida yolg‘on xabar tarqatilgandi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Sherali Jo‘raev, o'ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя