Главная » 2016 » Ноябрь » 21 » “Sensiz” –Munisa Rizayevaga navbatdagi qo‘shig‘i qanchalik yaqin
11:24

“Sensiz” –Munisa Rizayevaga navbatdagi qo‘shig‘i qanchalik yaqin


Estradamizning yorqin yulduzi Munisa Rizayeva ayni damda yangi qo‘shiq ustida ish olib borayotgani va bu qo‘shiqning sokin ekani muxlislarga ma’lum xolos. Taronaning  bir necha daqiqalik qismini xonanda  instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan edi. Unga bildirilgan ijobiy fikrlar bilan birga, qo‘shiqni uning hayotiga bog‘laganlar ham bo‘ldi. Ho‘sh, bu tarona  uning shaxsiy hayotiga qanchalik bog‘liq? Biz bugun mazkur ijod mahsuli haqida to‘liqroq ma’lumot berishga ahd qildik.

“Sensiz” – bu qo‘shiq haqiqatdan ham sokin tarona bo‘lib, hozirgi mavsumga juda ham mos va har bir muxlisning yuragiga yaqin qo‘shiq deya olamiz. Kuz-qish faslida insonning kayfiyati istasa-istamasa ham mavsumga xos bo‘ladi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Munisa Rizayeva ijrosidagi musiqiy asar ham aynan mana shu kayfiyatga monand yaratilgan va tarona har bir yurakka kirib bora oladi. Sho‘x qo‘shiqlar ketma-ketligidan so‘ng taqdim etilishi kutilayotgan bu sokin qo‘shiq ham avvalgilari kabi xalqimiz orasida ommalashsa ajab emas. “Sensiz” uning hayotiga qanchalik degan savolga biz “Hech qancha” degan javobni oldik.

“To‘g‘ri, o‘z holatidan kelib chiqib ijod qiladigan ijodkorlar ham bor. Ijodkor o‘z nomi bilan ijodkor. U har qanday mavzuda qo‘shiq kuylashi mumkin. Har bir ijro qilgan qo‘shig‘i har doim ham uning shaxsiy hayotiga bog‘liq bo‘lavermaydi. Tez kunda premera qilishni rejalashtirgan ushbu taronamiz, o‘ylaymanki, barchaga manzur keladi” – deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotiga qo‘shimcha qilib. Demak, tez kunda sevimli xonandangiz Munisa Rizayevadan navbatdagi tarona premerasi. Kutib qoling.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Munisa Rizayeva, Sensiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя