Главная » 2020 » Март » 7 » Saudiya shahzodasi o‘z qarindoshlarini qamoqqa tashladi
18:31

Saudiya shahzodasi o‘z qarindoshlarini qamoqqa tashladi


Saudiya Arabistoni qirollik oilasining ikki katta a’zosi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrug‘i bilan hibsga olindi. Bu haqda bugun, 7 mart kuni "Wall Street Journal" nashri xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, kecha, 6 mart kuni ertalab qirolning ukasi Ahmad bin Abdulaziz va sobiq valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif hibsga olingan. Hibsga olinganlarning uyi maxfiy xizmat vakillari tomonidan tintuv qilingan. Ularga davlatga xiyonat ayblovi qo‘yilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, bu ikki shaxsning hibsga olingani shahzoda Muhammad bin Salmonning mavqeyini oshirgan. Endi u taxtga yagona namzod bo‘lib oldi.

"84 yoshli qirol Salmon allaqachon qarib qolgan. Shu bilan birga, 2017 yilgacha Muhammad bin Nayif taxtga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanib, yaqin vaqtgacha uy qamog‘ida bo‘lgan. Endi u taxtga da’vo qilolmaydi", deb yozadi Amerika nashri.

Rasmiy ar-Riyod bu ikki shaxsing Londondan turib qirol oilasini tanqid qilganini befarq qoldirmadi. Shundan so‘ng, ular Saudiya Arabistoniga chaqirib olingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя