Главная » 2017 » Январь » 12 » Rossiyalik sobiq milisiya xodimi 60 nafar ayolni o‘ldirganligini tan oldi
09:56

Rossiyalik sobiq milisiya xodimi 60 nafar ayolni o‘ldirganligini tan oldi


Rossiyaning Angarsk shahrida yashovchi Mixail Popkov “Komsomolskaya pravda” saytiga bergan intervyusida tergovni chalg‘itmaganligini va xizmat mavqeidan hech qachon foydalanmaganligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Hisobida 60 dan ortiq ayolning hayotiga nuqta qo‘ygan qotil Mixail Popkov hali milisiya xodimi bo‘lib ishlayotgan paytidayoq qotillikka qo‘l urgan. U jurnalistning “Izlarni mohirona yashirganligi” to‘g‘risida bergan savoliga “Bu yerda hech qanday mohirlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas, hech qachon iz qoldirmaslik kerak, bu esa juda oddiy!” deb javob berdi. 

Mixail Popkov tezkor navbatchi lavozimida ishlagan, tergovga aloqasi bo‘lmagan. 

“Mening vazifam bor-yo‘g‘i jinoyatlar haqida tushgan xabarlarni tegishli kitobga qayd etish, tezkor xodimlarni voqea joyiga olib borish uchun transport xizmatini tashkil etishdan iborat edi. Boshqa jarayonda ishtirok etmaganman”, dedi qotil.

U ikki marotaba o‘zi amalga oshirgan jinoyat joyiga chiqqan.

“Bir jasadni bir necha oydan keyin, yana birini esa voqea ro‘y bergan kunning ertasiga topishdi. Men tezkor xodimlar bilan voqea joyiga chiqqanda ham qo‘limdan hech nima kelmasdi. Ularning ko‘z o‘ngida dalil-isbotlarni yo‘q qilolmasdim. Umuman olganda hech qanday dalil-isbotning o‘zi yo‘q edi. Chunki jinoyat sodir etganda umuman iz qoldirmaganman”, deb takrorladi Mixail Popkov.
 
Qotil aynan izlar, DNK ekspertizasi orqali aniqlandi. O‘sha paytlarda huquq-tartibot idoralarida bu yangi qo‘llangan usul edi. Popkov shu yerga kelganda bilimsizlik qilganini tan oldi.

“DNK ekspertizasi o‘tkazilishi xayolimga ham kelmagandi, chunki men boshqa asrning odamiman. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar, usullar ilgari qo‘llanmagan. Agar ulardan xabarim bo‘lganda, hozir bu yerda o‘tirmagan bo‘lardim”, dedi qotil.
 
Hozirda Mixail Popkov 1994 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida isbotlangan 22 ta qotillik bo‘yicha bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2017 yilning yanvar oyida tergov yana 25 epizod bo‘yicha uni qotillikda aybladi. Mixail Popkov 60 dan ortiq ayolni o‘ldirganini tan oldi. U ichki ishlar xizmatidan bo‘shagandan keyin avtomobilda Vladivostokka qatnagan, jasadlarni esa yo‘l chekkasiga ko‘mib ketgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tan oldi, Rossiyalik, 60 nafar, ayolni o‘ldirgan, sobiq milisiya xodimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя