20:19 “Qo‘rqinchli yolg‘on” – Shimoliy Koreyada koronavirusga oid vaziyat qandayligi aytildi | |
Shimoliy Koreyada koronavirus infeksiyasi ko‘lami hukumat da’vo qilganidan ancha katta. Bu ma’lumotni mamlakatdan qochib ketgan, bir vaqtlar KXDR hukumatida yuqori lavozimni egallab turgan Kim Mi Yong berdi, deb yozmoqda “Daily Mail”.
Mart oyining oxirida, mamlakatda koronavirus qayd etilmaganini da’vo qilgan Shimoliy Koreya yuqumli kasallikka qarshi kurashda yashirincha yordam so‘raganligi haqida xabar berilgan edi. Manbalar KXDR sog‘liqni saqlash tizimi pandemiyaga qarshi turish uchun juda zaif ekanligini ta’kidlamoqda. Fevral oyi boshida Shimoliy Koreya koronavirus tufayli xorijiy diplomatlarga kirish va chiqishni taqiqladi. Bu epidemiyaning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralardan biri ekanligi tushuntirildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|