Главная » 2020 » Май » 9 » Polshadagi shaharchada o‘n yil deganda ilk marta o‘g‘il bola dunyoga keldi
09:56

Polshadagi shaharchada o‘n yil deganda ilk marta o‘g‘il bola dunyoga keldi


Polshadagi Meystse-Odjansk shaharchasida 2010-yildan beri ilk marta o‘g‘il bola dunyoga keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

2019-yilning avgustida shahar meri Raymund Frishko o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan ota-onalarga mukofot va’da qilgan edi. Mukofot aynan nimadan iboratligi aytilmagan.

O‘shanda Frishko shaharchadagi ko‘chalardan birini uzoq kutilgan o‘g‘il bola ismi sharafiga nomlashni rejalashtirayotganini aytgandi. Intiqlik bilan kutilgan o‘g‘il bola 2-may kuni dunyoga keldi.

Shaharchada yashovchi Anna va Gjegoj Milek o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Unga Bartek deb ism qo‘yilgan.

“Koronavirus pandemiyasini boshdan kechirayotgan paytimizda bu xushxabar bizni quvontirdi”, — deydi Frishko.

Merning aytishicha, o‘g‘il chaqaloqning dunyoga kelishi Meystse-Odjansk aholisida kelajakka umid uyg‘otgan. Shuningdek, u va’da qilingan mukofot karantindan keyin berilishini aytgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘g‘il bola, Polshadagi, shaharchada, dunyoga keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя