Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Parranda grippi xavfi yana ortmoqda
16:36

Parranda grippi xavfi yana ortmoqda


25 noyabr kuni Germaniya shimolidagi Ikkermyunde shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida yashovchi tuyaqush parranda grippi sababli nobud bo‘ldi, deya xabar bermoqda Vesti.
 
Mutaxassislar parrandaning organizmida gripp alomatlarini topishgan.
 
Aytish kerakki, hayvonot bog‘i Polsha chegarasiga yaqin hududda joylashgan. Noyabr oyining boshida mutaxassislar Shlezvig-Flensburg okrugidagi qushlar boqiladigan tashkilotda parranda grippini qo‘zg‘atuvchi viruslarning borligini aniqlashgandi. Ushbu tashkilotda 30 ming qush boqiladi.
 
Virus topilgach, qushlarni yopiq joyda saqlash uchun ko‘rsatmalar berilgan, ogohlantirilgan. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, tuyaqushlar ochiq hududlarda sayr qilishgan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: parranda grippi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя