Главная » 2017 » Август » 20 » Otabek Musaev lavozimidan ozod etildi
11:42

Otabek Musaev lavozimidan ozod etildi


“O‘zbekkino” milliy agentligining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Otabek Musaev lavozimidan ozod etildi.

Agentlikning mazkur lavozimini esa hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar kinostudiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Furqat Zokirov egalladi.

Qolaversa, “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri Shuxrat Rizaev “O‘zbekkino” milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Nizomiy Jalolov esa avvalgidek, agentlikning iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, aktyor va jurnalist Otabek Musaev 2016 yil 13 yanvarda “O‘zbekkino” milliy agentligining bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi. Ungacha esa, Prezident apparatining madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: ozod etildi, lavozimidan, Otabek Musaev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя