Главная » 2020 » Январь » 21 » O‘z farzandlariga shaharlarning nomini bergan mashhurlar
19:13

O‘z farzandlariga shaharlarning nomini bergan mashhurlar


Ayrim mashhur kishilar o‘zlarining hayotida muhim iz qoldirgan shahar, qishloqlarning nomini farzandlariga qo‘yishgan. O‘sha taassurotlarni mudom eslab yurish maqsadida bo‘lsa kerak, albatta. E’tibor bering. 

Hozirda mashhur aktrisa Dakota Jonsonni ota-onasi o‘zlari sevgan shtat nomi bilan atashgan. 
Amerikalik aktrisa Riz Uizerspun qizlaridan biriga Tennessi nomini bergan. O‘sha shtat uning hayotida yorqin iz qoldirgan ko‘rinadi.
Rejissyor Rona Xovard sevimli shahridagi taassurotlarini unutmaslik uchun qiziga o‘sha shaharning nomini berib qo‘ya qolgan – Dallas. 
Maykl Jekson o‘z qizining ismini Parij deb qo‘ygan.
Mashhur futbolchi Devid Bekxem katta farzandining ismi – Bruklin.
Shakira va fubolchi Pikega Milan katta ilhom berganga o‘xshaydi. U o‘g‘lini Milan deb atashni ma’qul bilgan. 
Kim Kardashyan va Kanye Uest uchinchi farzandi uchun Chikago nomi eng yaxshisi deb hisoblagan. Kanye Uest shu shaharda tug‘ilib o‘sgan ekan.  
Ispan modeli Elsa Pataki eri – avstraliyalik aktyor Kris Xemsvort bilan maslahatlashib, qiziga Indiya – Hindiston, deya nom qo‘ygan. 
Qo‘shiqchi Alisha Kisning o‘g‘lini “Egypt” – Misr deb chaqirishadi. 
Penelopa Krusning jiyani Qohira sharafiga – Kair deb atalgan. 
Kim Bessinjer va Alek Bolduinning qizlari – Irlandiya.
Nik Kenonning egizaklaridan biri – Marokash nomi bilan ataladi.   


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя