Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » O‘g‘rini qaroqchi urdi: Nargiz Latipova o‘g‘irlab kuylagan qo‘shiq endi Mohim ijrosida
20:56

O‘g‘rini qaroqchi urdi: Nargiz Latipova o‘g‘irlab kuylagan qo‘shiq endi Mohim ijrosida


Avvalroq, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitovaning eng xit qo‘shiqlari muallifi bo‘lgan Nargiz Latipova xonandalik faoliyatini boshlagani va ilk qadamini “o‘g‘irlik” yo‘liga tashlab, plagiatorlikka qo‘l urgani haqida xabar berganedik. U turkiyalik xonanda Ayla Chelikning “Bag‘dod” nomli qo‘shig‘ini o‘zbekchasiga kuylab chiqqani va xonandadan ruxsat olmaganini tan olgan edi.
 
“Bu qo‘shiq o‘zimga yoqar edi, shuning uchun kuylab chiqdim. Hech kimdan ruxsat so‘raganim yo‘q. Nima, Baxrom Nazarov “Pari-pari”ni egasidan so‘rab kuylaganmidi? Agar qo‘shiqning muallifi da’vo qilgudek bo‘lsa, o‘zim javob beraman”, deb izoh bergan edi Nargiz Latipova.
 
O‘g‘rini qaroqchi urdi, deganlaridek Ayla Chelikning ushbu mashhur qo‘shig‘i yana bir o‘zbek xonandasi tomonidan o‘zlashtirildi.
 
Yosh xonanda Mohim Ayla Chelik ijrosidagi ushbu qo‘shiqni o‘zbek tilida kuylab chiqdi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga qo‘shiqdan parchani joylashtirgan zahoti tarmoq foydalanuvchilari bu qo‘shiq turk estradasidan olinganini aytishdi.
 
Biz mazkur masala yuzasidan xonanda Mohimning prodyuseri bilan bog‘landik.
 
“Bu qo‘shiqni Mohim muxlislariga taqdim etishidan avval, Nargiz Latipova ismli xonanda kuylaganini eshitib qoldim. Shu sabab qo‘shiqni taqdim etish vaqtini biroz keyinroqqa qoldirishga majbur bo‘ldik. Bundan tashqari, “Sulola” guruhi ham shu qo‘shiqni kuylagan ekan.
 
Mohim ozarbayjonlik xonanda Ro‘yo Ayhanning ijodi bilan doim qiziqib keladi. Bu qo‘shiq turklarniki emas, ular ham ozarbayjonliklardan o‘g‘irlashgan. 
 
Qo‘shiqni aynan ko‘chirmaganmiz. Aranjirovkasida o‘zgartirish kiritilgan, so‘zi ham farq qiladi. O‘zbek estradasida faqat Mohim emas, hamma o‘g‘irlab qo‘shiq aytyapti”, deydi Mohimning prodyuseri Azamat Holmatov.
 
Bugungi kunda o‘zbek shov-biznesida kundan-kunga urchib borayotgan bir mulohaza bor: hamma o‘g‘irlayapti, men o‘g‘irlasam nima qilibdi.
 
Afsuski, taniqli, bir necha yillik tajribaga, xalq orasida obro‘-e’tiborga, minglab muxlislarga ega xonandalar ham o‘g‘irlik ko‘chasiga kirishdan tap tortishmayapti. Biz kimga qarsak chalyapmiz, kimning qo‘shig‘ini ba’zan ko‘zda yosh, ba’zan tabassum bilan eshityapmiz, to‘y-hashamlarimizdagi 3 dona qo‘shig‘i uchun kimga falon million so‘mni to‘layapmiz? (!) Axir aytilgan qo‘shiq birovning mehnati bo‘lsa... So‘nggi xulosa o‘zingizdan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mohim, endi, Nargiz Latipova, o‘g‘irlab kuylagan qo‘shiq, O‘g‘rini qaroqchi urdi, ijrosida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя