Главная » 2017 » Август » 20 » Nyu-Yorkda Tramp haykali o‘rnatildi
17:14

Nyu-Yorkda Tramp haykali o‘rnatildi


Nyu-York ko‘chalarida AQSh prezidenti Donald Trampning haykali o‘rnatildi. Bu haqda Newsweek xabar bermoqda. Asar muallifi — Aleks Garbega.

Unda AQSh yetakchisi tabiiy hajmda tasvirlangan, u o‘rindiqda o‘tirib, kaptarlarga don o‘rniga tvitlar tashlamoqda. Beshinchi avenyu o‘rindiqlaridan birida joylashgan haykal loydan yasalgan.

“Bu Trampga qarshi yoki uni qo‘llaydigan aksiya emas, — tushuntirdi san’atkor. — Men shunchaki uning tvitlari qay darajada qudratli ekanidan hayratdaman. Uning muloqot uslubi san’at darajasida, u odamlarni aqldan ozdiradi”.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘rnatildi, Nyu-Yorkda, Tramp haykali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя