Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » Moskvalik ayol rashk tufayli o‘z erini o‘ldirdi
08:09

Moskvalik ayol rashk tufayli o‘z erini o‘ldirdi


21 noyabr kuni Moskva shahridagi Kadirov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi oilada qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda “Ren.tv” nashri xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli ayol 30 yoshli erini rashk tufayli o‘ldirdi.
 
Jahl ustida ayol turmush o‘rtog‘ining ko‘kragiga pichoq sanchgan. Erkak esa voqea joyida vafot etgan.
 
Qo‘shnilarning aytishicha, bu oilada doimiy ravishda janjallar bo‘lib turgan va so‘nggi vaqtda ular birga yashamagan.
 
Hozirda qotillik yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ayol hibsga olingan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rashk tufayli, Moskvalik ayol, o‘z erini o‘ldirdi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя