Главная » 2016 » Ноябрь » 23 » Moskvada quturgan mushuk 7 kishini tishladi
15:07

Moskvada quturgan mushuk 7 kishini tishladi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida quturgan mushuk yetti kishi, shu jumladan, yosh bolani tishladi. Bu haqda, “360 Podmoskovye”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Mahalliy veterenariya uchastkasi mudirasi Anna Avilovaning aytishicha, jonzot yoz davomida o‘z egalari bilan dala hovlida bo‘lgan. “Mushuk quturishga qarshi emlanmagan”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Mushuk egalarining ma’lum qilishicha, ular dala hovlidan qaytganidan keyin jonzot o‘zini sust his qila boshladi va ovqat yemay qo‘ydi.

Uy hayvonini davolashga urinishganida u tajovuzkorlik qila boshladi. Keyinroq mushuk quturish kasaliga chalinganligi  aniqlandi. Veterinarlar jonzoning hayotini saqlab qola olmadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 7 kishini tishladi, quturgan mushuk, moskva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя