Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Mendeleyev kimyoviy jadvaliga yangi to‘rtta element kiritildi
14:44

Mendeleyev kimyoviy jadvaliga yangi to‘rtta element kiritildi


Nazariy va amaliy kimyo xalqaro kengashi Mendeleyev jadvaliga yangi kiritilgan 4 ta element nomini e’lon qildi. 2017 yilda Mendeleyev kimyoviy moddalar jadvali o‘zgartirilishi kutilmoqda.
 
Aslida bu 4 ta yangi elementlar haqida 2016 yil yanvar oyida ma’lum bo‘lgan, lekin Nazariy va amaliy kimyo xalqaro kengashi yil so‘nggiga kelib elementlarga rasman nom va tartib raqami berishga qaror qildi. Endilikda jadval plakatlari va ilmiy materiallar o‘zgartirilishi talab etiladi.
 
Iyun oyida Rossiya, Amerika va Yaponiya olimlarining tadqiqotlari natijasida aniqlangan elementlarga mos ravishda nom berish taklifi berilgan edi. Shu tariqa,  mutaxassislar an’analarni saqlagan holda elementlarga joy va geografik hududga qarab nom berishdi.
 
4 ta element jadvalning yettinchi qatoriga joylashtirildi. Nixoniy (Nh) 113, Moskoviy (Mc) 115, Tennesin (Ts) 117, Oganesson (Og) 118-tartib raqamiga ega bo‘ldi.
 
Nixoniy nomi yaponcha “Nixon” so‘zidan olingan, Moskoviy esa Moskva shahri sharafiga shunday nomlandi. Tennesin Amerikaning Tennesi shtati nomidan olindi. Ognesson esa 83 yoshli rossiyalik fizik Yuriy Oganesyan sharafiga shunday ataldi.
 
Endilikda maktab darsliklarida ham Mendeleyev kimyoviy jadvalining yangilangan turi chop etilishi kerak. Yangi jadval namunasi Nazariy va amaliy kimyo xalqaro kengashi rasmiy saytidan yuklab olish mumkin. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Mendeleyev | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя