10:36 «Manchester Yunayted» darvozaboni De Xea o‘rnatgan rekordi uchun kechirim so‘radi | |
«Manchester Yunayted» posboni David de Xea Angliya Premer-ligasining 34-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (3:0) klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik maqomiga ega bo‘ldi. Va buning uchun kechirim so‘radi... De Xea manikunianliklar safida 399-o‘yinini o‘tkazdi va daniyalik Peter Shmeyxelning natijasini (398 o‘yin) yangiladi. Shmeyxel klub safida 1990-yillarda o‘ynagan. «Shmeyxeldan kechirim so‘rayman. Ammo natijamdan faxrlanaman», — dedi golkiper klub saytiga bergan intervyusida. — «Klubda shuncha o‘yin o‘tkazganimdan xursandman. «Yunayted» safida yana 400 ta o‘yin o‘tkazishga umid qilaman». Eslatib o‘tamiz, De Xea «Manchester Yunayted» safiga 2011-yilda kelib qo‘shilgan. O‘tgan yillar davomida klub bilan yettita sovrin yutgan, bular orasida Angliya chempionligi va kubogi, Yevropa ligasi g‘olibligi bor.
Manba: "xabar.uz"
| |
|