Главная » 2017 » Август » 21 » “Manchester Siti” Messi uchun gigant summadan voz kechishga tayyor
10:56

“Manchester Siti” Messi uchun gigant summadan voz kechishga tayyor


Angliyaning “Manchester Siti” futbol jamoasi Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messini 300 million yevro evaziga sotib olishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasidagi tovon puli aynan 300 million yevro sifatida ko‘rsatib qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 avgust kuni “Barselona”ni boshqa bir mashhur braziyalik futbolchi Neymar tark etgandi. Neymar Fransiyaning PSJ klubiga borib qo‘shildi.

Fransuzlar yangi futbolchi uchun 222 million yevro sarflab, uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdilar.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning iyul oyida Messi “Barselona” bilan shartnoma muddatini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi haftasiga million funt sterling daromad oluvchi ilk futbolchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Lionel kataloniyaliklar bilan muzokara vaqtida jamoani tark etish niyati yo‘q emasligini ham ma’lum qilgan.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Angliyaning “Manchester Siti” futbo, hujumchisi Lionel Messini 300 milli, “Barselona” jamoasi, jamoasi Ispaniyaning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя