Главная » 2017 » Январь » 23 » Madonna Donald Trampni haqorat qilib qo‘shiq kuyladi
10:05

Madonna Donald Trampni haqorat qilib qo‘shiq kuyladi


Xonanda Madonna Vashingtonda prezident Donald Trampga qarshi o‘tkazilgan “Ayollar marshi” qarshilik namoyishida so‘zga chiqib, Trampga qarshi bo‘lib o‘tayotgan bunday mitinglarni “Inqilobning boshlanishi”, deb atadi. U o‘z chiqishida Donald Trampga qarata qo‘pol so‘zlarni ham ishlatishga ham or qilmadi. Bu haqda “Business Insider” nashri xabar bermoqda.
 
Madonna so‘zini yakunlagach, o‘zining “Human Nature” nomli qo‘shig‘ini ijro qildi, ammo taronaning ayrim satrlari Donald Tramp haqorat qilingan jumlalarga o‘zgartirilgan edi.
 
20 yanvarda Donald Trampning inauguratsiya marosimi o‘tkazilganidan buyon Amerikaning bir necha shtatlarida, qolaversa, Yevropaning bir qator mamlakatlarida yangi prezidentga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Vashingtonda  o‘tkazilgan ommaviy qarshilik namoyishida 597 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.
 
Chikago, Sietl, Boston, Nyu-York, Los-Anjelesda ham mitinglar o‘tkazilib, ularda taxminan 100 ming kishi qatnashgan.
 
2016 yil 8 noyabrda o‘tkazilgan prezident saylovida g‘alabaga erishgan Donald Tramp 20 yanvardan rasman prezident sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Amerikaning ko‘plab mashhur yulduzlari Donald Tramp nomzodini yoqlashmagandi va shunday bo‘lgan taqdirda, mamlakatni tark etishlari haqida va’da berishgandi. Madonna ham hamon Donald Trampning saylovda g‘olib bo‘lganiga ishona olmayotganligini ta’kidlab, buni “Qo‘rqinchli tush”, deb atadi.
 
Tramp esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bu holatlarga “Mashhurlar vaziyatni yanada murakkablishtirishmoqda”, deb izoh bergan. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Madonna, qo‘shiq kuyladi, haqorat qilib, Donald Tramp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя