Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Kuba inqilobi asoschisi Fidel Kastro vafot etdi
16:42

Kuba inqilobi asoschisi Fidel Kastro vafot etdi


Kuba inqilobi rahbari Fidel Kastro 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu xaqda RIA Novosti xabar bermoqda.
 
Kuba inqilobchisi va siyosatchi Fidel Kastro 1926 yil 13 avgustda tug‘ilgan. 1976 yildan boshlab 30 yil davomida Kuba Vazirlar kengashi va Davlat kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan. U mamlakatning inqilobiy kuchlari bosh qo‘mondoni va Kuba Milliy mudofaa kengashi rahbari hisoblanadi.
 
Fidel Kastro sog‘lig‘idagi muammolari sababli 2006 yil 31 iyulda lavozimi va vakolatini ukasi Raul Kastroga topshirdi. U 2008 yil 24 fevralda barcha davlat lavozimlaridan bo‘shadi. 2011 yil 19 aprelda esa o‘ng qanot partiyasi rahbarligidan ham tark etdi.
 
Raul Kastro ayni vaqtda Kuba Milliy kengashi va Vazirlar kengashi rahbari sanaladi.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, Fidel Kastro, Kuba inqilobi asoschisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя