Главная » 2016 » Декабрь » 8 » Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli faktlar oshkor bo‘ldi
18:15

Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli faktlar oshkor bo‘ldi


Sport olamidagi yangiliklarni yoritib boruvchi “Football Leaks” loyihasi shu kunlarda dunyoga mashhur portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu haqidagi ma’lumotlarni to‘plamoqda. Yaqinda “Real” klubi a’zosi bo‘lgan Krishtianu Ronalduning katta miqdordagi soliqni to‘lamaganini oshkor qilgan loyiha mualliflari bugun yana bir qiziqarli faktni taqdim etishdi.
 
Aniqlanishicha, Krishtianu Ronaldu bilan ishlaydigan barcha xodimlar futbolchi bilan o‘ziga xos shartnoma imzolashlari shart. Bunday kelishuvning bir punkti e’tiborni tortadi.
 
Futbolchi bilan ishlashdan avval u bilan shartnoma imzolaydigan shaxs Ronaldu va uning oilasi haqidagi barcha ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas. Bu borada futbolchi, xatto, oila a’zolari bilan ham kelishib olgan.
 
Krishtianu Ronaldu haqidagi ma’lumotlar shartnomada keltirilganidek, uning o‘limidan 70 yil o‘tibgina oshkor qilinishi mumkin. Shartnomaning bu bandiga rioya etilmagan holda belgilangan jarima miqdori 300 ming funtni tashkil etadi.
 
Shuningdek, Krishtianu Ronalduning dastxat qo‘yishidan oladigan daromadning miqdori ham aniqlandi. O‘tgan yilda futbolchi Panini’ning mingta nakleykalariga dastxat qo‘ygan. Uning har bir imzosi 139 funtga baholangan. Umumiy hisobda 139 ming funt daromad olgan.
 
So‘nggi vaqtlarda Krishtianu Ronaldu turli gap-so‘zlar va mish-mishlar markazida bo‘lishiga qaramasdan, “Oltin to‘p” mukofotiga eng asosiy nomzodlardan hisoblanadi. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Krishtianu Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя