Главная » 2020 » Февраль » 19 » Koronavirusdan asosan keksa yoshli bemorlar vafot etmoqda – Xitoyda olimlar tadqiqot natijalarini e'lon qilishdi
19:04

Koronavirusdan asosan keksa yoshli bemorlar vafot etmoqda – Xitoyda olimlar tadqiqot natijalarini e'lon qilishdi


Xitoy hukumati Covid-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining 44 mingdan ortiq holati batafsil o‘rganilganda olingan dastlabki natijalarini e'lon qildi. Bu epidemiya boshlanganidan beri qilingan eng katta ilmiy ishdir. 

Xitoydagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CCDC - Chinese Centre for Disease Control and Prevention) ma'lumotlariga ko‘ra, bemorlarning 80 foizdan ko‘prog‘ida kasallik yengil shaklda o‘tadi, surunkali kasalliklarga chalingan va katta yoshdagi odamlar infeksiyani yuqtirib olish olish xavfi yuqori. 

Tadqiqot tibbiyot xodimlari ham yuqtirish xavfi yuqori bo‘lganlar guruhiga kirishini ta'kidlamoqda. 
 

Seshanba kuni koronavirusdan Uxan kasalxonasi direktori Lyu Chjimin vafot etdi. U 51 yoshda edi. U epidemiya natijasida vafot etgan eng yuqori darajadagi tibbiyot xodimlaridan biridir.

Uxan shahri infeksiyaning o‘chog‘iga aylangan Xubey provinsiyasida joylashgan. CCDC tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu mintaqadagi zararlanish holatlarining 2,9 foizi halokatli oqibatlarga olib keladi, mamlakatning boshqa mintaqalarida esa - 0,4 foiz. Umuman olganda, koronavirusdan o‘lim darajasi 2,3 foizni tashkil qilmoqda. 

19 fevral kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda jami 74185 kishi xastalangan, 2004 kishi vafot etgan. 18 fevral kuni 136ta o‘lim va virus yuqtirishning 1749ta yangi holati qayd etilgan. O‘lim holatlarining aksari koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubeyga to‘g‘ri kelmoqda - 1921 kishi. 

Xitoy ma'murlari 14 376 kishi sog‘ayib ketganini ma'lum qilgan. 

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя