Главная » 2017 » Февраль » 1 » Jonni Depp o‘z menejerlari tomonidan sudga berildi
12:20

Jonni Depp o‘z menejerlari tomonidan sudga berildi


Aktyor Jonni Depp faoliyati bilan shug‘ullanadigan Management Group kompaniyasi Los-Anjeles oliy sudiga aktyor ustidan da’vo qildi. Bu haqda “Wall Street Journal” gazetasi xabar bermoqda.
 
Ayblovga ko‘ra, Jonni Depp shartnoma shartlarini buzgan, pul mablag‘larini mas’uliyatsizlik bilan sarflagan. Jonni Depp “hudbinlarcha va mas’uliyatsiz hayot tarzini olib bordi”, deyiladi da’vo arizasida. U har oy 2 million dollar sarflagani ma’lum qilindi. Kompaniya vakillari aktyordan 560 ming dollar talab qilishmoqda, shuningdek, ular Deppni moliyaviy muammolariga o‘zi mas’ul bo‘lishga iqror bo‘lishini istashyapti.
 
Hujjatda keltirilishicha, Jonni Depp Bagamaning bir necha orollarini, 14 ta uyni xarid qilish uchun 75 million dollar sarflagan. 18 million dollarni kemalar sotib olish va ularni jihozlashga xarj qilgan. Yana bir necha million dollar mablag‘ san’at asarlari, zargarlik buyumlari sotib olishga va gitara kolleksiyasini to‘ldirishga ketgan.
 
Bundan tashqari, Jonni Depp har oy vino uchun 30 ming dollar, 40 nafar xizmatchisi uchun 300 ming dollar, qo‘riqchilari uchun 150 ming dollar miqdorda mablag‘ sarflagan.
 
Xabarlarga qaraganda, aslida kompaniya tomonidan berilgan bu da’vo arizasi Jonni Deppning da’vosiga javoban taqdim etilgan. 13 yanvar kuni aktyor Management Group kompaniyasi tufayli millionlab dollar mablag‘i yo‘qotganligini va natijada 40 million dollar miqdorda qarzga botganligini da’vo qilib, sudga murojaat qilgandi. Shuningdek, aktyor menejerlarini o‘z vaqtida soliq to‘lamaganlikda ayblab, kompensatsiya sifatida 25 million dollar talab qilgan. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Jonni Depp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя