Главная » 2020 » Март » 23 » Italiyada so‘nggi bir oy ichida koronavirus bilan bog‘liq holat ilk marta ijobiy tomonga o‘zgardi
14:18

Italiyada so‘nggi bir oy ichida koronavirus bilan bog‘liq holat ilk marta ijobiy tomonga o‘zgardi


Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 2020 yil 22 mart kuni yana 5 560 nafarga oshib, jami 59 138 kishini tashkil etdi. Kecha vafot etganlar soni 651 kishi bo‘lib, jami 5 476 italiyalik bu kasaldan halok bo‘ldi.

Ammo bu mamlakatda pandemiya avj olgan mart oyining boshidan beri birinchi marta ijobiy holat kuzatildi: 22 mart kuni bir kun oldingidan 997 nafar kamroq insonda koronavirus aniqlandi, vafot etganlar soni ham avvalgi kunga nisbatan 142 kishiga kamaydi. Bu yangi kasallanganlar miqdori 15%, vafot etganlar miqdori esa 18%ga pasayganini ko‘rsatadi.  

Shunga ko‘ra, Italiyada koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan keskin choralar natijasida kasallik sezilar-sezilmas darajada bo‘lsa ham chekinayotganga o‘xshaydi.

“Biz 11 mart kuni joriy etilgan qat’iy karantin choralari yana 2-3 haftaning ichida o‘zining ilk natijalarini berishini kutyapmiz. Shu jihatdan kelayotgan hafta muhim: nihoyat mavjud o‘sish ko‘rsatkichlari teskarisiga rivojlanishini taxmin qilyapmiz”, dedi Italiya Sog‘liqni saqlash oliy kengashi prezidenti Franko Lokatelli.

Shunga qaramay, Italiya ushbu virusdan zararlanish holatlari bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda, o‘lim holatlari bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, 7 024 italiyalik kasallikdan tuzalib ketgan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя