Главная » 2016 » Декабрь » 12 » Istanbuldagi teraktni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
14:59

Istanbuldagi teraktni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi


10 dekabr kuni Istanbulning Beshiktosh tumanida yuz bergan portlash oqibatida 39 kishi vafot etdi. O‘nlab kishilarning yaralanishiga sabab bo‘lgan mudhish voqeani “Kurdistonning ozodlik lochinlari” guruhi o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda Turkiyaning “Turkish Minute” agentligi xabar bermoqda.
 
Qurbon bo‘lganlarning 30 nafarini polisiya vakillari tashkil etadi. 166 nafar yaralangan kishilardan ayrimlarining salomatligi og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.
 
Kurdlar guruhi, shuningdek, shu yil 4 noyabrda Diyorbakirda sodir etilgan portlashni ham o‘z bo‘yniga olgan. Terakt 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi.
 
Bundan tashqari, kurdlar 24 noyabrda Adana shahrida ro‘y bergan terrorchilik harakatini ham amalga oshirganligini tan olgan. Adanada avtomobil portlashi oqibatida 2 kishi qurbon bo‘lgandi.
 
Turkiyadagi mahalliy kurdlarning “Kurdiston ozodlik lochinlari” guruhining qurollangan a’zolari mamlakat janubi-sharqida mustaqil davlat barpo etish uchun kurash olib borishmoqda.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kim uyushtirgan, Istanbul, terakt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя