Главная » 2017 » Февраль » 1 » IShID qo‘lidan omon chiqqan qiz boshidan o‘tkazganlarini so‘zlab berdi
12:10

IShID qo‘lidan omon chiqqan qiz boshidan o‘tkazganlarini so‘zlab berdi


Yodingizda bo‘lsa, 2016 yilda IShID terroristik guruhining asirlarga, xususan, asir ayollarga bo‘lgan shafqatsiz munosabatlari, qullikdan qochgan ayollarning boshidan o‘tkazgan kunlari haqidagi hikoyalarini e’tiboringizga havola etgan edik.
 
Yaqinda IShID changalidan yana bir qancha ayollar ozod bo‘ldi. Ular orasida maktab o‘quvchilari ham bor.
 
Bir necha kun avval, Dog‘istonda Nijniy Novgorod shahridan bo‘lgan 16 yoshli maktab o‘quvchisi IShID changalidan ozod etildi.
 
Aslida maktab o‘quvchisi o‘z xohishi bilan terrorchilar oldiga borgan. Jangarilardan biri o‘z uyini tark etib, saflariga qo‘shilishga ko‘ndirgan. Qizaloq manzilga yetib kelgach, uni qamab qo‘yishgan va qullikka sotib yubormoqchi bo‘lishgan.
 
Dog‘istonda IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar vaqtida favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari xususiy uylarning birida qulflangan xona ichida qolib ketgan 16 yoshli qizni topishdi.
 
O‘smir qiz IShID jangarilari haqida o‘zi bilgan dahshatli voqealarni so‘zlab berdi:
 
“Men Maxachkalaga bir o‘zim, internet orqali tanishgan insonim va’da qilgan go‘zal hayotni ko‘rish uchun kelgandim. Avvaliga, u menga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq qildi. Keyin esa ismini aytdi va uchrashish taklifini bildirdi.
 
U tunda qandaydir so‘zlarni qaytarishni aytar, meni ota-onam ham, do‘stlarim ham yaxshi ko‘rmasliklari, hech kimga keragim yo‘q ekani, uning yonidagina baxtli bo‘lishim haqida gapirardi.
 
Hamma narsani tashlab, uning oldiga keldim. Ko‘p o‘tmay, internetda men bilan yozishgan shaxsning agressiv harakatlari, aytayotgan so‘zlaridan meni qullikka sotishmoqchi ekanlarini tushundim.
 
U meni qo‘rqitdi. Agar aytganini qilmasam, o‘ldirib yuborishini aytdi.
 
Hozir men o‘z yaqinlarim bag‘ridaman. Ammo o‘shanda qanday qilib uning so‘zlariga ishonganimni, aziz insonlarimni tashlab, o‘sha jangarining ketidan ketganimni tushunolmayapman”.
 
IShIDga qarshi o‘tkazilgan harbiy xarakatlar chog‘ida omon qolgan bu qiz o‘z ota-onasini ham tashvishga qo‘yganini kech tushunib yetdi. Qizining yo‘q bo‘lib qolganini sezgan ota-ona undan buni kutmaganliklarini aytishdi:
 
“Qizimiz maktabdagi eng a’lochi o‘quvchilardan. Undan buni slo kutmagandik. Maktabga o‘zimiz olib borib, o‘zimiz olib kelardik. Doimo ko‘z oldimizda bo‘lgan. Taxminimizcha, u tunda, hamma uyquga ketgan vaqtda o‘sha noma’lum shaxs bilan suhbatlashib yurgan”.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, IShID terrorchilari kelajakda hudkush ayollar, joriya asiralar bo‘ladigan “xo‘rak”larni topishni jangari ayollarga ham yuklashadi.
 
Kam ta’minlangan, qiynalib kun ko‘rayotgan, oilaviy muammolardan charchagan ayollar, qizlar o‘ljaga aylanishadi.
 
Biroz mablag‘ va ruhiy tayyorgarlikdan so‘ng, ularni hech bir yo‘l bilan oilasi va yaqinlari davrasiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga kelib qolishadi. Haqiqatni esa “manzil”ga yetganda anglashadi. Ammo u yerda ularning faryodini, ohu-vohini to‘rt devordan boshqa hech kim eshitmaydi.
 
IShID tomonidan yolg‘on ishlatib, chaqirib olingan o‘smir qizning ota-onasi qizlari g‘oyib bo‘lganidan bir necha soat o‘tib polisiyaga murojaat qilishdi.
 
Tezkor harakatlar tufayli uni ozod etishga muvaffaq bo‘ldilar. Agar polisiya, favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari biroz kechikkanida edi, 16 yoshli qizaloq, uni sotib olishga rozi bo‘lgan razillar qo‘liga o‘tib ketardi.
 
O‘smir qizning ko‘rsatmalari asosida uni aldab chaqirishda ishtirok etgan qator shaxslar qo‘lga olindi. Biroq u bilan internet va telefon orqali yozishgan, suhbatlashgan qora niyatli shahzodani topishning imkoni bo‘lmadi. Ayni vaqtda u federal qidiruvga berilgan.

Umida Yakubova


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: IShID | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя