20:48 Haydovchilar diqqatiga. Endi bodi-kamerasi yo‘q YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik mumkin | |
Bugundan, 2020 yilning 1 yanvaridan e’tiboran bodi-kamerasi bo‘lmagan YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning18-bandi 4-xatboshisiga binoan, haydovchilar mobil videokamerasiz xizmatni olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. Agar Sizni YPX xodimi to‘xtatsayu, lekin uning bodi-kamerasi bo‘lmasa, unda istasangiz hujjatlaringizni ko‘rsating, istasangiz ko‘rsatmang. Bu Sizning mutloq huquqingiz.
Manba: "xabar.uz"
| |
|