Главная » 2016 » Ноябрь » 24 » Gulchehra Boboqulovaga so‘nggi so‘z berildi
15:28

Gulchehra Boboqulovaga so‘nggi so‘z berildi


Rossiyada 4 yoshli qizaloqning boshini tanasidan judo qilgan enaga ruhiy nosog‘lom, deb topilgandi. Samarqand viloyatida tug‘ilgan Gulchehra Boboqulova qizaloqni o‘ldirgach, uyga o‘t qo‘yib ketganidan xabaringiz bor.

Kecha, 22 noyabr kuni prokuror suddan qotil enagani jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va ruhiy xastaliklar shifoxonasiga davolanish uchun yuborishni so‘radi. 

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, qotilik vaqtida Gulchehra Boboqulova nima qilayotganini bilmagan. Bundan tashqari, prokuror, qizi qotillik qurboni bo‘lgan oilaning enagadan 6,5 million rubl berishini so‘rab yozgan da’vo arizasini 5 million rubl evaziga qondirishni ham so‘ragan.

Sud Gulchehra Boboqulovaga so‘nggi so‘zni berdi. Fursatdan foydalanib, qotil-enaga qizaloqning ota-onasidan kechirim so‘radi va salomatligi bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi.

“Meni kechir , Katya. Men og‘ir xastalikka chalindim”, dedi u ko‘zida yosh bilan qizaloqning onasiga murojaat qilib.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 29 fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Gulchehra Boboqulova 4 yoshli qizaloqning boshini tanasidan judo qilgan. Keyin uyga o‘t qo‘yib chiqib ketgan. Moskvadagi “Oktabrskoe pole” metro bekati atrofida qizning boshini ko‘tarib baland ovozda o‘zini “terrorchi” deb atagan. Shundan so‘ng polisiya uni hibsga olgan.

Ekspertiza tahlillari Gulchehra Boboqulovani ruhiy nosog‘lom ekanini isbotladi. U 12 yil davomida Samarqandda asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan. So‘nggi vaqtlarda uyqusizlikdan aziyat chekkan Boboqulova shifokorlar tomonidan tayinlangan ukol ta’sirida uxlab qolib, navbatdagi sud yig‘ilishida ishtirok eta olmagan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Gulchehra Boboqulova, enaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя