Главная » 2016 » Октябрь » 26 » General Motors rekord darajadagi daromad va tushumga ega bo‘ldi
12:06

General Motors rekord darajadagi daromad va tushumga ega bo‘ldi


AQShning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lmish General Motors katta hajmdagi chakana savdolar, Xitoydagi yaxshi natijalar hamda samarali xarajatlar boshqaruvi tufayli joriy yilning uchinchi choragida rekord miqdordagi daromad va tushumni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Kompaniyaning moliyaviy hisobotida aytilishicha, iyul-sentabr oylarida sof daromad 104 foizga o‘sib, 2,77 milliard dollar miqdorida bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich aksiyaga hisoblanganida 110 foizni yoki donasiga 1,76 dollarni tashkil etadi. Bir martalik omillar inobatga olinmagan holda daromad aksiyaga 1,72 dollarni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi 1,50 dollarga teng bo‘lgan edi.

Tahrirlangan EBIT ko‘rsatkichi 14,4 foizga, 3,5 milliard dollargacha o‘sdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rentabellik 8,3 foizni tashkil etdi. GM’ning choraklik tushumi 10,3 foizga ko‘payib, 42,83 milliard dollarga yetdi.

Thomson Reuters tomonidan intervyudan o‘tkazilgan tahlilchilar GM’ning bir martalik omillar inobatga olinmagan holdagi daromadi aksiyasiga 1,44 dollarni, tushum esa 39,3 milliard dollarni tashkil etishini kutganini tan oldi. Shu tariqa, korporatsiya bu boradagi yangi rekordlarni qayd etdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM, General Motors, rekord daraja, tushumga ega bo‘ldi, daromad | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя