Главная » 2017 » Май » 29 » Eng kutilgan yangilik: GM Uzbekistan avtomobillari endi so‘mda sotiladi
09:52

Eng kutilgan yangilik: GM Uzbekistan avtomobillari endi so‘mda sotiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kecha, 26 may kuni "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qarorning 1-bandida qayd etilishicha, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "O‘zavtosanoat" AKning 2017 yil 1 iyundan ichki bozorda "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJning barcha turdagi yengil avtomobillarini milliy valyuta – so‘mda sotish borasidagi taklifi ma’qullangan.

2-bandida joriy yil 1 iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan. Shuning sohadagi ehtiyot qismlar eksportini qisqartirish, investisiyalarni jalb qilgan holda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish choralarini ko‘rish ta’kidlangan.

Qaror ijrosi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov mas’ul etib belgilangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: endi, avtomobillar, so‘mda sotiladi, GM Uzbekistan, Eng kutilgan yangilik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя