Главная » 2020 » Сентябрь » 29 » Eng keksa arab hukmdori vafot etdi
22:32

Eng keksa arab hukmdori vafot etdi


Amerika Qo‘shma Shtatlarida eng keksa arab hukmdori, 91 yoshli Quvayt amiri Sabah IV hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Quvayt davlat televideniyasi efirida vazir Ali al Jarah as Sabah xabar berdi.

Iyul oyida davlat rahbari Minnesota shtatidagi klinikalardan biriga yotqizilgandi. Shifoxonada uni operatsiya qilishgan (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, amirning ikkita o‘smasi olib tashlangan).

Shundan so‘ng Quvayt hukumati Sabah IV ning sog‘ligi barqarorligi va tuzalayotgani haqida bir necha marta xabar berdi. Shu bilan birga, Sabah IV ning ukasi va valiahd shahzoda Navaf al Ahmad al Jobir as Sabah vaqtincha amir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shayh Sabah al Ahmad al Jobir as Sabah 2006 yil yanvardan beri Quvaytni boshqarib kelayotgandi. Bungacha bosh vazir lavozimini egallagan. Avvalroq esa bir necha o‘n yillar davomida mamlakatning tashqi siyosat idorasiga boshchilik qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, eng keksa, hukmdori, Arab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя