Главная » 2017 » Август » 25 » Bunaqasini ko‘rmagansiz! 50 metr uzoqlikdan darvozaga gol urildi
17:38

Bunaqasini ko‘rmagansiz! 50 metr uzoqlikdan darvozaga gol urildi


Angliyaning “Everton” klubi va Islandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson bugun, 25 avgust kuni Yevropa ligasining pley-off bosqichida 50 metr uzoqlikdan “Hayduk” jamoasi darvozasiga ajoyib gol urdi.

Avvaliga 43-daqiqada “Hayduk” futbolchisi Yosip Radoshevich kuchli zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, Gilfi Sigurdson maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va taxminan 50 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Sigurdson zarbani yo‘naltirgan vaqtda “Hayduk” klubi darvozaboni biroz oldinga chiqib ketgandi. Uchrashuv 1-1 hisobida yakunlandi.

“Everton” ushbu natija evaziga Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘yinda “Everton” 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Akmalxon Eshonxonov

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: darvozaga, ko‘rmagansiz!, uzoqlikdan, 50 metr, urildi, Bunaqasini, Gol | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя