Главная » 2020 » Март » 17 » Avstraliyalik tadqiqotchilar immunitetni koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi
18:42

Avstraliyalik tadqiqotchilar immunitetni koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi


Avstraliyalik tadqiqotchilar odam immuniteti grippga qarshi qanday kurashsa koronavirus bilan ham shunday kurashishini aniqlashdi. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Avstraliya Sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xunt ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadqiqotda olingan natija virusga qarshi vaksina ishlab chiqishda muhim qadamdir. Tadqiqot Avstraliyada koronavirus aniqlangan birinchi bemorda olib borilgan. Hozirda ushbu bemorning ahvoli o‘rta darajadaligi aytildi.

“Natijalar olimlarga ba’zi bemorlarning nima uchun sog‘ayib ketishini, boshqalarida esa jiddiy nafas olish muammolari paydo bo‘lishini tushunishga yordam beradi”, deydi vazir.

Shuningdek, tadqiqotchilar bemorlarning immunitetini kuzatish natijasida ularni qachon tuzalib ketishligini aniqlash imkoni borligini aytishdi. 

“Immun tizimi qanchalik mustahkam bo‘lsa tuzalib ketish imkoniyati shunchalik ortadi”, deydi tadqiqotchilar.

Hozirda dunyo bo‘ylab kamida o‘nlab dori ishlab chiqaruvchilari koronavirus vaksinasi va uni davolash usullari ustida ishlamoqda. Ammo vaksina tez orada ishlab chiqarilgan taыdirda ham uni kamida bir yil vaqt ichida qo‘llab bo‘lmaydi. Bu vaqt davomida vaksina ustida sinovlar olib boriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 183 326 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 7 177 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 164  nafari yoki 6 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 79 908 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя