Главная » 2017 » Август » 21 » “Asian fight - 2017” xalqaro sport turniriga jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi
11:30

“Asian fight - 2017” xalqaro sport turniriga jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi


Barchaga ma’lumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi va “Sunrise Entertainment” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Axborot hamkorlari (turnirni eksklyuziv tarzda tele va radio efirda hamda internet tarmog‘ida yoritish huquqi berilgan OAV): “Milliy” telekanali, “Oriat Dono” va “Oriat FM”radiostansiyalari, Championat.asia va Olamsport.com saytlari.

Akkreditatsiyadan o‘tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditatsiya bo‘limidan o‘rin olgan onlayn-arizani to‘ldirish zarur bo‘ladi. Shundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog‘lanadi.

Akkreditatsiyadan rasman o‘tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlartopshirilishikerak:

- Ish joyidan rasmiy xat;

- akkreditatsiyadan o‘tuvchi xodimning pasport nusxasi;

- 4 dona rangli fotosurat (3x4)

Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan:

- har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar;

- har bir radiostansiyadan 2 nafar;

- har bir internet saytlaridan 2 nafar;

- har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro‘yxatdan o‘tadi.

Izoh: O‘zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar ham akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.

“Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar:

- birinchi matbuot anjumani (29 avgustga rejalashtirilmoqda, hujjatlarni shu kuni olib kelsangiz ham bo‘ladi);

- ikkinchi matbuot anjumani (faxriy mehmonlar ishtirokida, sana aniq emas);

- master klasslar (Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fyodor Yemelyanenkolar ishtirokida, sana aniq emas);

- “Asian Fight - 2017” (“Bunyodkor” stadionida 9 sentabr kuni soat 18.00 da boshlanadi)

Akkreditatsiyadan o‘tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

Batafasil ma’lumot uchun:

“Asian Fight - 2017” Axborot xizmati

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: akkreditatsiyadan, xalqaro sport, “Asian fight - 2017”, turniriga jurnalistlarni, o‘tkazish boshlandi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя