Главная » 2017 » Январь » 30 » Antonio Banderas kasalxonaga tushdi
15:04

Antonio Banderas kasalxonaga tushdi


Buyuk Britaniyada Antonio Banderas kasalxonaga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Nashrning ma’lum qilishicha, aktyor Surreydagi uyidan uzoqda bo‘lmagan kasalxonaga yotqizilgan.

56 yoshli Antonio Banderas sport mashg‘uloti paytida ko‘kragida kuchli og‘riqni his qilgan va “Tez yordam” chaqirgan. Aktyorga tekshiruvlardan keyin uyga ruxsat berilgan. Nashr bilan bo‘lgan suhbatda aktyor haqiqatan ham mazasi bo‘lmaganligini tasdiqlagan, unga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan.

Antonio Banderas Buyuk Britaniyaga 2015 yilda ko‘chib kelgan. Ayni paytda Kobxem shahrida istiqomat qiladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: kasalxonaga tushdi, Zorro, Antonio Banderas | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя