22:44 Amerikalik qiz bir urinishda 48 ta xot-dogni paqqos tushirib, yangi rekord o‘rnatdi | |
Amerikalik Miki Sudo Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan xot-dog yeyish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqada yangi rekord o'rnatdi. U 10 daqiqada 48 yarim dona xot-dogni paqqos tushirdi. Ayollar o‘rtasidagi bunday musobaqa 2011-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Sudo 2014-yildan beri ushbu tanlovning mutlaq g‘olibi hisoblanadi. Uning shu vaqtga qadar rekordi 41 ta xot-dogni tashkil etgan. 2017-yilda u shunday natija qayd etgandi. Sudo o‘zining ushbu rekordini yangilaganidan xursandligini va o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidlagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|