Главная » 2017 » Январь » 17 » Amerikalik mashhur aktrisa Lindsi Loxan Islom dinini qabul qildi
16:16

Amerikalik mashhur aktrisa Lindsi Loxan Islom dinini qabul qildi


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Lindsi Loxanning Instagram-akkauntidan o‘zining barcha eski suratlarini olib tashlab, musulmonlarning an’anaviy salomlashishi bo‘lgan, ya’ni “Aleykum salom”, deb yozganligiga e’tibor qaratishdi, deya xabar berdi“Lenta.ru” nashri.  

Natijada Twitter foydalanuvchilari uni islom dinini qabul qilganlikda gumon qilishdi. Butun dunyo musulmon ahli esa Lindsi Loxanni islom dinini qabul qilgani, yangi hayot boshlagani bilan muborakbod etdi.

 “Mening tabrigimni qabul eting! Siz yangi hayotga qadam qo‘ydingiz. Bu butun dunyo musulmonlari uchun juda quvonchli xabardir. Olloh sizning bu yo‘ldagi qiyinchiliklarini yengillashtirsin!”, deb yozdi musulmon foydalanuvchilaridan  biri.

Ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining bu holatdan ensasi qotib, aktrisaning mazkur harakatidan norozi bo‘lishdi. “Lindsi Loxanga nima bo‘lgan? Balki bu hazildir? Yo rostmi? Balki kimdir uning akkauntini buzib kirgandir?” deb savol berdi hayron bo‘lgan aktrisaning muxlislaridan biri.

O‘tgan yilning dekabr oyida aktrisa ko‘ngillilar qatorida Turkiyadagi suriyalik qochoqlarning lageriga borishga qaror qilgandi. “Hech qanday hujum meni bu yo‘ldan qaytara olmaydi, jabrlanganlarga yordam berishni o‘z burchim deb bilaman!”, degan edi Lindsi Loxan

Aktrisaning akkauntidagi yangiliklarni besh milliondan ortiq odam kuzatib boradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Lindsi Loxan, Islom dinini | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя