Главная » 2020 » Сентябрь » 30 » Aliyev Qorabog‘dagi jangni to‘xtatish shartini aytdi
18:59

Aliyev Qorabog‘dagi jangni to‘xtatish shartini aytdi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev agar Yerevan qo‘shinni olib chiqish shartini bajarsa, Qorabog‘dagi janglar to‘xtashini e'lon qildi.

Aliyev chorshanba kuni Bakudagi markaziy klinik gospitalida Qorabog‘dagi harbiy harakatlar paytida yaralangan harbiy xizmatchi bilan ko‘rishdi.

«Bizda yo‘qotishlar yo‘q. Ammo bu to‘g‘ri emas. Xalqaro huquq biz tomonda... Bitta shartimiz bor — Armaniston qurolli kuchlarini bosib olingan hududlardan so‘zsiz olib chiqish. Agar arman hukumati bu shartni bajarsa, janglar to‘xtaydi, tinchlik o‘rnatiladi», — dedi Aliyev.

«Biz tarixiy adolatni tiklaymiz. Qorabog‘ azaldan Ozarbayjonning hududi hisoblangan. Tarixga nazar tashlash kifoya... Biz hududiy yaxlitligimizni tiklamoqchimiz, shunday qilyapmiz va qilamiz ham», — deya ta’kidladi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «arman xalqi tinch-totuv yashashni xohlasa, o‘zlarining rahbariyatini javobgarlikka tortishi kerak».

«Ishonchim komilki, arman xalqi mening so‘zlarimni to‘g‘ri tushunadi, to‘g‘ri qabul qiladi. Bizning arman xalqi bilan ishimiz yo‘q, Ozarbayjon — ko‘p millatli diyor, bu yerda ko‘pgina xalqlar tinch va farovon hayot kechirmoqda. Arman xalqi ham shular jumlasidan. Ozarbayjon hududida minglab armanlar istiqomat qiladi, hech kim ularga yomon so‘z aytmaydi, ular — bizning fuqarolarimiz», — deya ta’kidladi Aliyev.

Ozarbayjon prezidenti, shuningdek, bugun Qorabog‘da shiddatli janglar ketayotganini qo‘shib qo‘ydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qorabog‘dagi, jangni, Aliyev, shartini aytdi, to‘xtatish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя