18:39 Agar har kuni bir daqiqadan turnikka osilib tursak, organizmimizda nimalar sodir bo‘ladi? | |
Bolaligimizda o‘yinqaroqlik qilib turnikka tortilganmiz-u lekin uning foydaliligi haqida deyarli bilmaganmiz. Keling, bugun bu mashg‘ulotning tanamiz uchun qanchalik foydali ekanligi haqida gaplashamiz. Xo‘sh, turnikka har kuni bir daqiqadan osilib tursak organizmda nimalar ro‘y beradi? - Umurtqa qismidagi taranglikni yengillashtirib, belni bo‘shashtiradi. Bu, ayniqsa, sportchilar va turmush tarzi faol bo‘lmaganlar uchun foydali. - qiyshiq suyaklar tekislanadi. - turli xil umurtqa kasalliklarining oldi olinadi. - tayanch-harakat tizimidagi kasalliklar davolanadi. - yelka va bel mushak tizimi mustahkamlanadi. - umumiy kuchni oshiradi. Ko‘rib turganingizdek, bu mashg‘ulotning foydali tomonlari ko‘p. Bugungi kunda kattalar umurtqa pog‘onasi kasalliklariga ko‘p chalinishimoqda. Ularga ham turnikda tortilish foydali bo‘ladi. Bunda birinchi mashqlarni 10-15 soniyalik osilib turish bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shu tarzda mashqni 1-1,5 daqiqagacha chiqarish yetarli bo‘ladi. Chunki ko‘p osilib turish salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mashg‘ulot qoidasi
Manba: "xabardor.uz"
| |
|