Главная » 2017 » Август » 14 » 7 kun: O‘zbekiston futbolida qanday o‘zgarishlar kuzatildi?
16:35

7 kun: O‘zbekiston futbolida qanday o‘zgarishlar kuzatildi?


Joriy yilning 7 avgustidan 13 avgust kuniga qadar O‘zbekiston futbolida kuzatilgan o‘zgarishlar va yangiliklardan boxabar bo‘ling.

1. Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-19 termasi Yerevan shahrida Armaniston yoshlar termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Dastlabki bellashuvda Aleksandr Mochinov shogirdlari 1:0 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi o‘yinda Armaniston yoshlari 4:1 hisobida ustun keldi.

2. O‘zbekiston ayollar termasi “Uch millat kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Shu yilning 15–20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqada Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

3. O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘onaga ko‘tarildi. MTJ 579 ochko bilan 64-pog‘onaga joylashdi.

4. “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. 11 avgust kuni “Paxtakor-79” aviahalokati sodir bo‘lganiga 38 yil bo‘ldi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: O‘zbekiston futboli | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя