Главная » 2017 » Август » 25 » 12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Abu-Dabida grossmeysterlik talabining ikkinchisini bajardi
10:35

12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Abu-Dabida grossmeysterlik talabining ikkinchisini bajardi


O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov grossmeysterlik uchun ikkinchi qadamni tashladi. Bu haqda “Olamsport” nashri Uzbekistan 24 ga asoslanib xabar berdi. Grossmeyster maqomiga erishishning 3 ta sharti bor. Abdusattorov uning birinchisini Sankt-Peterburgdagi musobaqada bajarishga erishgan bo‘lsa, ikkinchi qadamni Abu-Dabida tashladi. Dunyoning 33 mamlakatidan tashrif buyurgan 124 shaxmatchi ishtirok etgan musobaqada Nodirdek birorta ham partiyani mag‘lubiyat bilan yakunlamadi.

U dona surgan 9 uchrashuvning 5 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Yana 4 tasida o‘zbekistonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Yakunda 6,5 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8-o‘rinda tugatishga muvaffaq bo‘ldi. U jamg‘argan 2608 ball bu borada grossmeysterlikning 2-talabi uchun yetarli bo‘ldi.

Abu-Dabidagi turnirda bir qator grossmeysterlar ishtirok etgandi. Shulardan 5 nafari turnirning eng yosh ishtirokchisi bo‘lgan Nodirbekka qarshi dona surdi va birortasi ham zafar qucha olmadi. Grossmeysterlarning 2 nafarini taslim qilgan sportchi, yana 3 nafari bilan durang qayd etdi.

Uzbekistan 24 kanalining ma’lumot berishicha, 12 yoshida grosseymeysterlik talabini bajarish faqatgina rossiyalik Sergey Karyakinga nasib qilgan. Nodirbek Abdusattorov Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi musobaqada 3-talabni bajarib, grossmeysterga aylanishi kutilmoqda.

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bajardi, grossmeysterlik, ikkinchisini, 12 yoshli Nodirbek, Abdusattorov, talabining, Abu-Dabida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя