Главная » 2018 » Апрель » 28 » Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi qanday tiklanadi?
16:12

Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi qanday tiklanadi?


Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun qancha pul to‘lash kerak va imtihon topshirish shartmi? Bu haqda “Avtostrada” batafsil tushuntirish berdi.

Yo‘qotilgan haydovchi guvohnomasini tiklash jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 31 dekabrdagi 325-sonli «O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.

Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini olish uchun YHXB RIB (TRIB)larning hududiy ro‘yxatga olish-imtihon bo‘limiga murojaat etish lozim.

Haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun hujjatlar

Haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun RIBga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

• Haydovchining arizasi;
• Imtihon varaqasi;
• Tibbiy ma’lumotnoma (083/x);
• Davlat boji to‘langani haqidagi kvitansiya;
• Imtihon varaqasi yo‘qolganda: avtomaktabdan ma’lumotnoma yoki YHXB RIBdan imtihonlar topshirilgani haqidagi tasdiqlov.

Imtihon varaqasi avtomaktabda tahsil olish yakuni bo‘yicha beriladi va haydovchilik guvohnoma egasida saqlab qolinadi. Agarda imtihon kartochkasi yo‘qotilsa, avtomaktabdan ta’lim olish yakunlangani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki hududiy YHXB RIBdan tasdiqlov talab etiladi.

Haydovchilik guvohnomasini tiklash qancha turadi?

Shikastlangan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) haydovchilik guvohnomasi dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 0,7 barobarini to‘lash lozim: 120 568 so‘m;
Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi dublikati uchun EKIHning 1 barobari - 172 240 so‘m.

Haydovchiga guvohnoma tiklanishi vaqtida bir oylik muddatga vaqtinchalik guvohnoma beriladi.

Agar guvohnomani tiklash jarayoni kechiksa, vaqtinchalik ruxsatnomani yana 30 kunga uzaytirish mumkin.

Yo‘qotilgan vaqtinchalik guvohnoma uchun — belgilangan summaning 5 barobari miqdorida to‘lov undiriladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: yo‘qolgan, tiklanadi, qanday, haydovchilik guvohnomasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя