Главная » 2022 » Ноябрь » 3 » Yil boshidan buyon 70 dan ortiq jurnalist o‘ldirildi
18:41

Yil boshidan buyon 70 dan ortiq jurnalist o‘ldirildi


Yil boshidan buyon dunyo bo‘yicha 70 dan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘ldirilgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi ish vaqtidan tashqari paytlarda hujumga uchragan. Bu haqda YUNESKO hisobotida maʼlum qilingan.

Hisobotda yozilishicha, 2006 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda jami 1200 dan ortiq jurnalist yangiliklar tarqatgani va jamoatchilikka maʼlumot yetkazgani uchun o‘ldirilgan. Hatto bir nechta jurnalistlarni ularning oila aʼzolari ko‘z o‘ngida o‘ldirganlar ham bor.

“Achinarlisi, har o‘n holatdan to‘qqiztasida qotillar jazosiz qolmoqda. Aksariyat jinoyatlar ochilmayapti ham. Shuningdek, butun dunyoda ko‘plab jurnalistlar qamoqqa olingan”, deyilgan YUNESKO hisobotida.

 Tadqiqotchilar butun dunyo bo‘ylab jurnalistlar har kuni o‘z ishlarini bajarish – yangiliklarni izlab topish va maʼlumotni ommaga yetkazish uchun jiddiy xavf va tahdidlarga duch kelishini aytib, o‘z fikrlarini BMT fikrlari bilan to‘ldirgan. 

“Birlashgan millatlar tashkiloti jurnalistlarga nisbatan nafrat uyg‘otish OAV faoliyatining buzilishiga olib kelishi, ularni o‘z ishlarini bajarishlariga imkon berish va himoya qilish uchun yetarli choralarini ko‘rishga chaqirgan”, deya keltiriladi hisobotda.

Shuningdek, YUNESKO maʼlumotlariga ko‘ra, o‘limga olib keladigan hujumlar qurbonlari orasida jurnalist ayollar nisbatan kam bo‘lsa-da, genderga asoslangan tahdidlar va taʼqiblar nishoniga aynan ayol jurnalistlar ko‘proq olinadi.

“2021 yilda o‘ldirib ketilgan jurnalistlar orasida ayol jurnalistlarning soni erkak jurnalistlarga qaraganda ikki baravar ko‘p. Agar 2020 yilda dunyo bo‘ylab o‘ldirib ketilgan odamlarning 6 foizini jurnalistlar tashkil etgan bo‘lsa, 2021-2022 yilda bu ko‘rsatkich naq 11 foizni tashkil etmoqda”, deya keltirilgan YUNESKO maʼlumotida.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Dan, 70, boshidan, ortiq, jurnalist, buyon, yil, o‘ldirildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя