Главная » 2022 » Август » 13 » Yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi
18:08

Yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi


Moldovaning Dnestryani (tan olinmagan Pridnestrove Moldova respublikasi – tahr.) hududida yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi. Bu haqda rus matbuoti xabar bermoqda.

Hodisa Dnestryanining Bender shahrida sodir bo‘lgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u zerikkanidan qog‘oz, o‘yinchoqlar va boshqa narsalarni yoqib yuborgan. Oqibatda olov kvartira bo‘ylab tarqagan. Yong‘in boshlangan vaqtda qizning onasi tutun hididan uyg‘onib, yong‘inni o‘chirishga uringan, ammo alanga kuchaygani tufayli o‘chira olmagan.

Yong‘indan keyin tushirilgan videoda kvartira butunlay yonib ketganini ko‘rish mumkin. Buyumlar va mebellarni olov o‘z domiga olgan va barchasi kulga aylangan. Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagiga ham tarqalgan. 

Hodisada olti kishi jarohat olgan, ulardan biri reanimatsiyada.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kvartirasini, Qiz, yubordi, yetti, yoshli, zerikkanidan, yoqib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя